Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uydagi asosiy yadroshunos ekspert ishdan ketdi
AQSh Oq uydagi yadroviy masalalar bo‘yicha bosh ekspert, shuningdek, KXDR bilan muzokaralardagi asosiy shaxslardan biri Andrea Xoll iste'foga chiqdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yuqori mansabli manbalarga asosan xabar bermoqda.
WP manbalari ma'lumotiga ko‘ra, mutaxassis AQSh prezidenti Donald Trampning jamoasi Shimoliy Koreya bilan yadrosizlanish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga odamlarni qidirayotgan paytda iste'foga chiqdi. Ta'kidlanishicha, u o‘tgan haftaga qadar Vashington va Pxenyanning aloqalari bilan shug‘ullangan idoralararo maxsus komissiyani boshqargan.
Reuters agentligining qo‘shimcha qilishicha, Xollni AQSh milliy xavfsizlik kengashidagi ommaviy qirg‘in qurollari ustidan nazorat bo‘yicha boshqarma katta direktori lavozimida Juli Brentts almashtiradi. U yadro texnikasi sohasida doktorlik maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Stokgolm tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti yadro quroliga ega davlatlar o‘z arsenalini yangilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025