Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro turizm ko‘rgazmasining "Yilning eng yaxshi stendi" mukofoti - O‘zbekistonda!
Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan KOTFA 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston "Yilning eng yaxshi stendi" mukofotiga munosib ko‘rildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Qo‘mita tomonidan butun dunyo bo‘ylab O‘zbekiston turistik brendini targ‘ib qilishga doir ishlar faol olib borilmoqda. Kuni kecha Janubiy Koreyada o‘z ishini yakunlagan KOTFA 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasi ham shular jumlasidandir.
Xalqaro ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston stendi eng yorqin va jozibali stendlardan biri sifatida e'tirof etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi holati, bojxona imtiyozlari va investorlarga taqdim etilayotgan sharoitlar haqida ma'lumot olishdi.
O‘zbekiston "Eng yaxshi stend dizayni" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ko‘rgazma tashkilotchilari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillariga mukofotni topshirishdi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025