Sport | 07:35 / 25.06.2018
3630
1 daqiqa o‘qiladi

Xonda jahon chempionatida eng ko‘p gol urgan osiyolik futbolchi bo‘ldi

Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Yaponiya hamda Senegal terma jamoalari kuch sinashdi. "Yekaterinburg Arena" stadionida kechgan o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

78-daqiqada yaponiyalik yarim himoyachi Keysuke Xonda jamoasiga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi. Bu jahon chempionatida 9-o‘yinini o‘tkazayotgan futbolchi uchun 4-gol bo‘ldi. Shu tariqa, Xonda mundial tarixida Osiyo vakillari o‘rtasidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. 

Mavzuga oid