"O‘zavtosanoat"ga yangi rahbar tayinlandi
"O‘zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Umidjon Salimovni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta'minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida qabul qilindi.
Telekanal bergan ma'lumotga ko‘ra, Salimovning lavozimidan bo‘shatilishiga uning faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi qoniqarsiz holatlar sabab bo‘lgan.
Avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov "O‘zavtosanoat"ning yangi rahbari etib tayinlandi.
Mavzuga oid
11:04 / 13.07.2024
Bosh vazir va’dasi yerda, hunarmandlar esa ko‘chada qoldi. Umrzoqovning qarori nega bekor qilindi?
15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
10:27 / 08.07.2024
“Qani SES, qani Soliq?” – Shavkat Umrzoqov poytaxt do‘konlaridan birida “reyd” o‘tkazdi
19:27 / 01.06.2024