Eng antiqa futbol maydonlari (fotojamlanma)
Jahon futbol yulduzlari Rossiyada jahon chempionatiga bekamu-ko‘st qilib tayyorlangan futbol maydonlarida birinchi bo‘lish uchun kurashayotgan bir vaqtda sayyoramizning turli burchaklarida odamlar antiqa futbol maydonlarida to‘p surishdan zavqlanishmoqda.
Quyida shunday maydonlarga namunalar keltirilgan.
KV Svalbard muzyorar kemasi ekipaji Grenlandiyadagi muz bo‘lagida to‘p surmoqda.
Lofoten orollaridagi futbol maydoni, Norvegiya
Bolalar Bosniya va Gertsegovinadagi Vranduk istehkomida futbol o‘ynashmoqda
Suv ustidagi Ko Pani qishlog‘idagi futbol maydoni, Tailand
Rossiyaning Krasnoye posyolkasida somon to‘shalgan stadionda futbol bahsi
Rio-de-Janeyrodagi nochor tumanlardan birida futbol mashg‘uloti
Gavanadagi bo‘sh suv havzasidagi futbol bahsi, Kuba
Limadagi “qo‘lbola” futbol maydoni, Peru
Braziliyaning Salvador port shahridagi plyajda to‘p uchun kurash
Shveytsariya va Italiya jamoalari Saas-Fedagi muzlikda Yevropaning tog‘ qishloqlari futbol musobaqasi vaqtida, Shveytsariya
Afg‘on bolalari Kobulda yo‘l chetida futbol o‘ynashmoqda
Eriskey orolidagi futbol maydoni, Shotlandiya
Bali orolida mahalliy aholi Agung vulqoni otilishi fonida futbol o‘ynamoqda
Rossiyadagi Pogi qishlog‘ida loyda kechayotgan futbol uchrashuvi