Jamiyat | 18:10 / 27.06.2018
5456
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati sektor rahbarlarining Facebook’da o‘z sahifalari ishga tushdi

Namangan viloyati sektor rahbarlarining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifalari ishga tushdi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”. Shu maqsadda, fuqarolar sektorlar faoliyati bo‘yicha axborot olishi, taklif bildirishi va muammolar yuzasidan murojaat etishi uchun shahar va tumanlar hokimlari, viloyat ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda ularning hududiy idoralari rahbarlarining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sahifalari ishga tushirildi”, deyiladi ma'lumotda. 

Shuningdek, sektor rahbarlariga xabarlarni Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ham tezkor yuborish imkoniyati mavjud.

Mavzuga oid