Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorako‘lchilik tarmog‘ini isloh qilish taklif etildi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida qorako‘lchilik tarmog‘ini isloh qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
«Qorako‘lchilik tarmog‘ining rivoji xalqimizning farovonligiga xizmat qiladi. Ma'lumki, qo‘y qancha ko‘p marta tug‘sa, keyingi qo‘zilari oldingilariga qaraganda sog‘lom va zotdorroq bo‘lib boraveradi. Sifatli qorako‘l terisi olish uchun 2-3 marta tug‘gan eng zotdor ona qo‘y eng sifatli, zotdor qo‘zilar beradigan mahal so‘yib yuboriladi. Shu bilan sifatli, zotdor qo‘yning nasli qirqiladi va dalada asosan zotsiz qo‘ylargina o‘sishga qoladi. Qo‘ylar ko‘payishda geometrik progressiya asosida ko‘payadi», - deyiladi murojaatda.
Qo‘y-qo‘zilarni ko‘paytirishga e'tibor berilsa, sifatli qo‘y go‘shti va go‘sht konservalari, qo‘y suti va sut mahsulotlarining yanada samarali va sifatli tarzda tayyorlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, jun mahsulotlari, qo‘y terisidan yarimtayyor va tayyor tovarlar ishlab chiqarib, qo‘yning ichki a'zolaridan tibbiy preparatlar ishlab chiqarish va eksport qilish orqali qorako‘l teridan olinadigan foydadan ko‘ra ortiqroq iqtisodiy foyda olishimiz mumkin bo‘ladi.
«Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, qorako‘lchilikni qonunchilik bilan tartibga solishni taklif qilamiz», - deyiladi murojaat matnida.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024