Sport | 21:07 / 28.06.2018
7730
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Yaponiya Polshaga yutqazdi, biroq, keyingi bosqichga chiqdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

H guruhida Yaponiya va Polsha terma jamoalari bellashdi. O‘yin taqdirini 60-daqiqada Bednarek tomonidan urilgan gol hal qildi. 

Bu natijadan so‘ng, Polsha 3 ochko jamg‘ardi, ammo so‘nggi o‘rinda qoldi. 2 va 3-o‘rinni egallagan Senegal bilan Yaponiya bir xil ko‘rsatkichni qayd etishdi. Ammo feyr-pley ochkolari, ya'ni sariq va qizil kartalar uchun beriladigan ochkolar bo‘yicha Yaponiya afrikaliklardan o‘zib ketdi (Senegal hisobida 6ta sariq karta, Yaponiya hisobida 4ta).

JCh-2018, N guruhi
Yaponiya – Polsha 0:1 
28 iyun, Volgograd, «Volgograd-Arena» 
Gol: 0:1 – 60 Bednarek. 
Yaponiya – Kavasima, Yosida, Makino, Nagatomo, Sakai, Sibasaki, Yamaguti, Usami (Inui, 65), Sakai, Okadzaki (Osako, 47), Muto (Xasebe, 82).
Polsha – Fabianski, Glik, Yendjyeychik, Bereshinski, Bednarek, Zelinski (Teodorchik, 79), Guralski, Kujava (Peshko, 80), Kryxovyak, Grositski, Levandovski.
Ogohlantirish: Makino (66).

Mavzuga oid