Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha yangilangan ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Ishchi komissiya (B.Mavlonov):
bir hafta muddatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlari faoliyatini, shu jumladan, ular ishiga soliqqa tortish sohasida amaliy tajribaga ega ekspertlar va biznes vakillarini jalb qilgan holda tashkil etadi;
2018 yil 1 noyabrga qadar samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish, O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amalda bo‘ladigan soliq hamda bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashni ta'minlaydi
2018 yil 1 dekabrga qadar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, uning keng jamoatchilik muhokamasini ta'minlagan holda ishlab chiqishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini tayyorlashda va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilishda texnik jihatdan ko‘maklashishni ta'minlash uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining o‘zaro hamkorligini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
14:02 / 16.11.2024