Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning ilk fazogiri bo‘lish uchun nomzodlar soni yanada qisqartirildi
BAAda Muhammad bin Rashid nomidagi koinot markazi mamlakat tarixidagi ilk fazogir bo‘lish uchun nomzodlar sonini 39 nafargacha qisqartirdi. BAA tarixidagi ilk fazogir 2019 yil aprelda koinotga parvoz qilishi belgilangan.
“Roskosmos” ma'lum qilganidek, Rossiya va BAA amirlik bir fazogirni tanlab olish, uni parvozga tayyorlash va “Soyuz MS-12” kemasida XKSga parvozi bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzolagan.
Tanlab olingan nomzodlar jismoniy va ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishgan. Nomzodlarning keyingi saralanishi turli davlatlar koinot agentliklari mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
Saralashning 1-bosqichida koinotga parvoz qilish istagini bildirgan 4 ming amirlikdan 95 kishi tanlab olingandi. Ular orasidan 25 ayol va 75 erkak o‘rin olgandi. Aksariyat nomzodlarning yoshi 35 dan kichik.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025