Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyalik ixtirochi VAR tizimi uchun FIFAdan katta mablag‘ undirmoqchi
Ispaniyalik ixtirochi Fransisko Lopes hakamlarga video-yordam tizimi (VAR) tufayli FIFA bilan sudlashmoqchi.
Lopes fikriga ko‘ra, takroriy videolavhalardan foydalanish fikri aynan undan chiqqan. 1999 yili u Ispaniya ta'lim va madaniyat vazirligiga «XXI asr futboli: hakamlar uchun kelajak texnologiyalari» loyihasini taqdim qilgan.
«Men tasavvur qilgan narsalardan hozir foydalanilmoqda. Buni 1999 yili ham amalga oshirish mumkin edi», – deb bayonot berdi Lopes.
Avvalroq, u Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi va FIFAga xat yo‘llab, o‘z texnologiyasidan foydalanmaslikni talab qilgan edi. Endi esa tovon puli sifatida 15 million yevro so‘ramoqda.

Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024