Retsidivist Fransiya qamoqxonasidan vertolyotda qochdi
25 yildan beri qamoq jazosini o‘tayotgan retsidivist Reduan Faid Fransiyadagi qamoqxonadan vertolyot yordamida qochdi, deb yozadi Parisien gazetasi.
Manbaga ko‘ra, jinoyatchi yakshanba kuni ertalab Parij ostidagi Sen va Marna departamenti qamoqxonasidan qochgan. Ma'lum bo‘lishicha, qamoqxonadan qochishda Faidga uch nafar qurollangan sherigi yordam bergan.
Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan, Faid jazo o‘tayotgan joyini Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan vertolyotda tark etgan. Keyinroq vertolyotni shahar chekkasida yongan holatda topishgan.
Besh yil avval ham Faid qamoqxonadan qochishning uddasidan chiqqandi. O‘shanda u qamoqxona devorini portlatib, muassasaning bir necha xodimini garovga olgan edi.
Mavzuga oid
23:05 / 22.11.2024
Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
13:52 / 20.11.2024
Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024