Sport | 21:19 / 01.07.2018
23956
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ispaniya o‘yinida tarixiy voqea yuz berdi

Foto: Squawka

JCh-2018 turniri nimchorak finalida Rossiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisi davom etayotgan vaqtda (1:1), 97-daqiqada Rossiya terma jamoasi ustozi Stanislav Cherchesov to‘rtinchi almashtirishni amalga oshirdi. Daler Kuzyayev o‘rniga Aleksandr Yeroxin o‘yinni davom ettirdi.

Bu Rossiya termasida to‘rtinchi futbolchi almashtirilishi bo‘ldi. Shu tariqa, jahon chempionati tarixida ilk marta bir terma jamoa bir o‘yinda 4ta futbolchi almashtirishni amalga oshirdi.

O‘z navbatida Ispaniya ham bu imkoniyatdan foydalandi. Asensio o‘rniga Rodrigo o‘yinni davom ettirdi.

FIFA JCh-2018 turniridan boshlab, terma jamoalarga qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida to‘rtinchi futbolchi almashtirishga ruxsat bergan.

Mavzuga oid