Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikani so‘l kuchlar boshqaradi - Lopes Obrador prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
Meksikaning “Birgalikda tarixni yaratamiz” so‘l kuchlari nomzodi Andres Manuel Lopes Obrador mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Uning davlat rahbari bo‘lgani ovozlarni sanash yakuniga yetmasdanoq ma'lum bo‘lgan edi. Mamlakat bo‘ylab ovoz berish uchastkalari yopilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, uning prezidentlik poygasidagi raqiblari – Rikardo Anayya, Xose Antonio Mid va Xayme Rodriges Kalderon o‘z mag‘lubiyatlarini tan oldi. Bu haqda El Pais xabar qilmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Lopes Obrador 53-53,8 foiz saylovchilarning ishonchiga sazovor bo‘lgan. Uning eng yaqin ta'qibchisi "Meksika uchun Olg‘a" yetakchisi Rikardo Anayya 22,1 - 22,8 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Saylovning dastlabki natijalarini Milliy saylov instituti rahbari Lorenso Kordova e'lon qilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Lopes Obradorni birinchilardan bo‘lib tabriklashga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
15:18 / 18.05.2025