Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: "Kinjal" gipertovush raketalari Tu-22M3 samolyotida sinovdan o‘tkaziladi
Rossiyaning eng yangi "Kinjal" (xanjar) majmuasining gipertovush raketalari uzoq masofalarga parvoz qila oladigan bombardimonchi Tu-22M3 samolyotida sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya mudofaa-sanoat kompleksidagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Kinjal"ni Tu-22M3da sinovdan o‘tkazishadi", - degan agentlik suhbatdoshi. U "bir vaqtning o‘zida bitta bombardimonchi samolyotda bir nechta gipertovush raketalar sinovi" o‘tkazilishini bildirgan. Manba sinovlar muddatini ma'lum qilmagan.
Shu bilan birga, TASS mazkur ma'lumotni rasmiy tasdiqlaydigan boshqa axborotga ega emas.
"Kinjal" majmuasi borasida ilk marta RF prezidenti Vladimir Putin 2018 yil martida e'lon qilgan edi. Uning raketasi tovush tezligidan 10 marta tezroq uchadi hamda barcha mavjud va istiqboldagi RQM-HHM tizimlarini samarasiz vositaga aylantiradi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025