Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 ming AQSh dollariga issiqxona va'da qilgan firibgarlar ushlandi
Buxoroda issiqxona tashkil qilib berishni va'da qilib fuqaroning 15 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, G‘ijduvon tumani, “Gajdumak” MFY, Gajdumak qishlog‘ida yashovchi Ikrom Ergashev murojaat qilib, 2016 yilning yanvar oyi o‘rtalarida, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 dahasi, 19-uy, 74-xonada yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Oqil Tursunov hamda G‘ijduvon tumani, “Ulfatbibi” MFY, Beshtuvo qishlog‘ida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sidiqjon Dilmurodov o‘zaro jinoiy til biriktirib, I.Ergashevning ishonchiga kirib, unga Navoiy viloyati Karmana tumani hududidan 20 kun muddatda 5 gektar yer maydoniga tayyor issiqxona tashkil qilib berishini va'da qilishadi. Va undan jami 15.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, va'da qilingan issiqxonani tashkil qilib bermasdan, olgan pullarni ham shu kunga qadar qaytarib bermasdan, o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklarini bildirgan.
Mazkur murojaatga asosan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O.Tursunov va S.Dilmurodovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025