Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lamborghini Huracan rekord tezlikka erishdi (video)
Lamborghini Huracan superkari dreg-reysingda yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Mashina yarim millik (804 metr) masofada 259,67 mil/soat (417,9 km/soat) tezlikka erisha oldi. Ushbu rekord yurish videosi YouTube’da joylashtirildi
.

Rekordni o‘rnatishda Underground Racing atelesi tomonidan 3000 ot kuchigacha kuchaytirilgan mashinadan foydalanilgan. Mashina 10 silindrli dvigatel, 6 pog‘onali sekvental uzatmalar qutisi va to‘liq privodga ega. Rekord vaqtida poygachida uzatmalar qutisini 1-uzatmadan 2-uzatmaga o‘tkazishda muammo yuzaga kelgan. Agar bu muammo bo‘lmaganda superkar yanada yaxshiroq natija ko‘rsatishi mumkin edi.
Underground Racing firmasiga yarim mil masofaga yurish bo‘yicha deyarli hamma rekordlar tegishli. O‘tgan gal firma tomonidan kuchaytirilgan Gallardo 413 km/soat tezlikka erisha olgan.
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025