Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada favqulodda holat rejimi bekor qilinadi
Turkiyada 2016 yil iyulida davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin joriy etilgan favqulodda holat rejimi joriy oyda to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim Anadolu agentligiga bergan intervyusida aytdi.
«Dushanba kuni (9 iyulda) yangi hukumat tarkibi e'lon qilinadi va shu tarzda favqulodda holat rejimi nihoyasiga yetadi», - dedi u.
Hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralarga nisbatan fuqarolarning tanqidlariga munosabat bildirar ekan, bosh vazir «Fransiya davlat to‘ntarishiga urinish emas, balki teraktdan so‘ng 719 kun favqulodda vaziyat rejimida yashagani»ni misol keltirdi.
Turkiyada uch oy muddatga joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimi 2016 yil 21 iyulda joriy qilingandi. O‘shandan buyon mazkur rejim parlament tomonidan uch oy muddatga muntazam ravishda uzaytirib kelinmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025