Jahon | 18:05 / 06.07.2018
12243
2 daqiqa o‘qiladi

Tereshkova Ostona shahrini Nazarboyev nomi bilan atashni taklif qildi

Ilk kosmonavt-ayol, Rossiya davlat dumasi deputati Valentina Tereshkova qozog‘istonliklarni poytaxt kuni bilan tabrikladi va Ostona shahrini mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev nomi bilan atashni taklif qildi.

«Go‘zal Ostona shahri aholisi va barcha qozog‘istonliklarni ajoyib sana – shaharning 20 yilligi bilan tabriklayman. Nursulton Nazarboyev qurgan bu shaharni Ostona deb emas, balki prezidentingiz nomi bilan atash kerak deb o‘ylayman», — dedi Tereshkova.

2016 yilda qozog‘istonlik deputatlar poytaxt nomini Qozog‘iston prezidenti sharafiga «Nursulton» yoki «Nazarboyev» deb atashni taklif qilishgandi. Biroq davlat rahbari bu g‘oyani rad etgandi.

«2017 yil martida parlament deputatlari yana poytaxt nomini mamlakat rahbari nomi bilan atash masalasini ko‘tarib chiqishgan, ammo bu safar ham bu taklif rad etilgandi», deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

Mavzuga oid