Kattaqo‘rg‘onlik jabrdiyda ayoldan Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati xabar oldi
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ichki ishlar xodimi tomonidan tahqirlangan ayolning xonadoniga tashrif buyurdi.
Ayni vaqtda «Kun.uz» muxbiri Shuhrat Shokirjonov ham qo‘mita raisiga hamrohlik qilmoqda.
Safar davomida jurnalist voqea tafsilotlarini aniqlashni maqsad qilgan. Tez orada saytda ichki ishlar xodimi San'at Umarov ishi doirasidagi yangi ma'lumotlar beriladi.
Kattaqo‘rg‘ondagi voqea internetda tarqalib ketgach, Tanzila Norboyeva bu hodisaga ikki marta rasman munosabat bildirgan. U ayol qo‘mita tomonidan himoyada bo‘lishi, Umarov sudida qo‘mita vakili ishtirok etib, ayol sha'ni himoya qilinishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
22:55 / 16.11.2024
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda ishtirokini davom ettiradi - Tanzila Norboyeva
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024