Mobil ilovalar orqali valyuta ayirboshlash imkoniyati yaratilmoqda

Foto: Pixabay
«Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qilmoqda.
Nizom bilan rezident jismoniy shaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilmoqda.
Bunda rezident jismoniy shaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.
Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va xalqaro to‘lov kartasi ochilgan bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid

21:06
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025