Gaiti hukumati namoyishlar sababli iste'foga ketdi
Gaiti prezidenti Jovenel Moiz bosh vazir Jak Gi Lafontan boshchiligidagi hukumat iste'fosini qabul qildi.
“Bosh vazir Gi Lafontan iste'foga ketish haqidagi arizasini menga berdi. Men hukumatning iste'fosini qabul qildim. Paytdan foydalanib, janob Lafontan va vazirlar mahkamasi a'zolariga xalqqa qilgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildiraman”, deb aytgan prezident tvitterda.
Hukumatning iste'foga ketishiga benzin narxining 38 foizga, dizel yonilg‘isi va kerosin narxining mos ravishda 47 foizga va 51 foizga oshirilishini e'lon qilgandan keyin Gaiti poytaxti Port-o-Prense va boshqa shaharlarda boshlangan norozilik namoyishlari sabab bo‘lgan. Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib, avtomobillar va pokrishkalar yoqishgan. Namoyishlar vaqtida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Shundan keyin hukumat yonilg‘iga narxlar oshirilishini vaqtinchalik bekor qilgan.
Mavzuga oid
11:17 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi
10:38 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda
14:24 / 10.06.2024
Hukumatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid vazifalari belgilanmoqda
21:26 / 14.05.2024