Jahon | 20:40 / 16.07.2018
16669
2 daqiqa o‘qiladi

Astronomlar ilk bor galaktikamiz markazi suratini olishdi

Foto: Rensselaer Polytechnic Institute

Janubiy afrikalik astronomlar MeerKAT radioteleskopi yordamida galaktikamiz – Somon yo‘li markazidagi o‘ta og‘ir qora tuynuk sohasini ilk bor suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

O‘qchi A obekti sayyoramizdan O‘qchi yulduzlar turkumi yo‘nalishida 25 ming yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. Uning og‘irligi Quyoshnikidan 4,3 mln marta kattaroqdir.

Bu soha hamisha gaz-chang bulutlari bilan qoplangan bo‘ladi va shu sababli uni oddiy teleskopda ko‘rishning imkoni yo‘q. Suratdagi hudud 1000x500 yorug‘lik yilini qamrab oladi.

Suratda shuningdek qora tuynuk atrofida hozircha olimlar uchun sirli bo‘lgan magnit filamentlarni (tolalar) ko‘rish mumkin. Olimlarning ta'kidlashicha, endi galaktikamiz markazidagi magnit maydonlar borasida fikr yuritish mumkin. 

Foto: skatelescope.org

MeerKAT teleskopi 2024 yilda Square Kilometre Array radiointerferometri tarkibiga kiradi. Square Kilometre Array’dagi antennalarning umumiy yig‘uvchi maydoni 1 kvadrat kilometrdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunday o‘lchamlar boshqa istalgan teleskopdan 50 marta ko‘proq aniqroqlikka erishishga imkon beradi.

Mavzuga oid