Sport | 22:10 / 16.07.2018
31317
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ronaldu «Yuventus» futbolchisi sifatida tanishtirildi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus» tomonidan rasman tanishtirildi.

U o‘zining yangi jamoasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan.

– Men jismonan yaxshi holatdaman, ruhiyatim ham a'lo darajada. Bu yerda bo‘lish men uchun faxrlidir.

Bilaman, ko‘pchilik futbolchilar 33 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylay boshlashadi, ammo men boshqalar kabi emasman. Men boshqachaman.

Hozir men uchun ham, klub uchun ham shavqli damlar.

– «Yuventus» bilan shartnomangiz muddati yakunlangan vaqtda 37 yoshda bo‘lasiz. Keyin «Sporting»ga qaytishni istarmidingiz?

– «Sporting» hamisha mening qalbimda. Albatta men «Yuventus» bilan yutuqlarga erishishni istayman. Men bu yerga ta'til o‘tkazish uchun kelmadim.

«Yuventus» bilan tarix yaratishni, barchani yana bir bor hayratda qoldirishni istayman.

Ishonamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi, degan Ronaldu.

Foto: «Yuventus»
Foto: «Yuventus»

 

Portugaliyalik yulduz yangi klubida 7-raqam ostida harakat qiladi. U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, shartnomaga ko‘ra unga yiliga 30 million yevro miqdorida (soliqlar chiqarib tashlanganda) maosh to‘lanadi.

Mavzuga oid