O‘zbekiston | 16:00 / 16.07.2018
33752
2 daqiqa o‘qiladi

Vazir to‘lov-kontrakt miqdori oshirilishiga munosabat bildirdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov/Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov oliygohlarda to‘lov-kontrakt summasining oshirilishiga munosabat bildirdi. Vazirning aytishicha, oxirgi bir yil davomida eng kam ish haqi oshirilgani holda to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmay qolgandi.

«Kontrakt to‘lovi masalasiga kelsak, har yili oylik maoshi, stipendiya, pensiya miqdori oshirilganda uning ham indeksatsiyasi ko‘tariladi, chunki kontrakt to‘lovining tarkibida talabalar stipendiyasi, o‘qituvchilar oyligi ham bor. Shu maqsadda EKIH yuqorilasa, to‘lov ham u bilan proporsionallikda oshirib boriladi», deydi vazir.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov/Kun.uz

Ma'lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, 15 iyuldan boshlab byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravarga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a'zolari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherbayev esa oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt summasini pasaytirish g‘oyasini ilgari surishmoqda

Vazir bilan intervyuni quyidagi havola orqali  to‘liq holda tomosha qilish mumkin.

Mover'da ko'rish (Tas-ix)

Youtube'da ko'rish

Mavzuga oid