Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan «Yuventus»ga qaytishi mumkin
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Yuventus»da rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlanishi mumkin.
Ispaniyadagi Libertad Digital nashri xabariga ko‘ra, Zidanga «Yuve»da sport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi taklif qilingan. U bu taklifni qabul qilishi kutilmoqda. U oktabr oyida «Yuventus»ga qo‘shilishi mumkin.
10 iyul kuni «Yuventus» «Real»da 9 yil davomida to‘p surgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Ushbu portugaliyalik futbolchi Turin klubida 4 yil davomida 30 million yevrodan maosh oladi.
Zidan 2016 yil yanvaridan «Real»ni boshqarishga kirishdi va keyingi 3 mavsum davomida ketma-ket 3 bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi. U may oyida navbatdagi chempionlikdan keyin Madrid klubini tark etdi.
AS xabariga ko‘ra, Zidan Ronaldu bilan yangi shartnoma bo‘yicha muammolar tufayli klubdan ketgan.
Ma'lumot uchun, fransiyalik mutaxassis 1996-2001 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgandi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024