O‘zbekiston | 01:00 / 18.07.2018
22405
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda tezkor Internet, o‘quvchilar ID-kartasi va elektron davomat!

Foto: O‘zA

17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning yig‘ilish yakunlariga ko‘ra bergan ma'lumotlariga asoslanib, tizimda  zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirilishi kutilayotgani haqida xabar berdi:

  • Xalq ta'limi vazirligida Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish Agentligini tashkil qilish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ni joriy etish uchun o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar, xodimlar va maktablar ma'lumotlar bazalarini yaratish;
  • O‘quvchilarni identifikatsiyalash (NFS, ID-karta) zamonaviy tizimlarini joriy etish va ularni boshqa tizimlar (sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot va hokazo.) bilan integratsiya qilish;
  • O‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilish, maktabdan maktabga ko‘chirish va boshqa xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish hamda 2019 yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘yish;
  • O‘qituvchilarning qog‘ozbozligini kamaytirish uchun elektron davomat va o‘zlashtirish tizimlarini (elektron jurnal, kundalik, tabel va b.) joriy etish;
  • Sohada moliyaviy nazoratni kuchaytirish, shaffoflikni ta'minlash va Kuzatuv kengashlari rolini oshirish uchun moliya boshqarish tizimlarini (FMS) joriy etish;
  • Barcha maktablarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash va zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta'minlash.

Mavzuga oid