Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 16 iyuldagi buyrug‘iga asosan Shavkat To‘raqulovich Rahmatov Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Shavkat Rahmatov 1970 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Biroz avvalroq Toshkent viloyatining sobiq prokurori Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
11:06 / 14.09.2024
Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
19:30 / 11.09.2024
Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirish siyosatiga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
14:10 / 04.09.2024
Navalniyning o‘limi: prokuratura ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni bekor qildi
20:45 / 31.07.2024