Sport | 21:18 / 19.07.2018
5515
2 daqiqa o‘qiladi

Umid Ahmadjonov Italiya futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti.

Kelishuvga asosan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Rentso Uliveri hamda Italiya futbol federatsiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori, «Atalanta» klubi akademiyasi mutaxassisi Stefano Bonakkorsolar Toshkentga tashrif buyurib, yurtimizdagi murabbiylar uchun seminar o‘tkazishmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Rentso Uliveri va Stefano Bonakkorsolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Italiya futbol federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yurtimizdagi mutaxassislar, jumladan, futbol murabbiylarining malakasini oshirishda Italiya futboli tajribasidan unumli foydalanish, ish o‘rganish maqsadida murabbiylarimizni Italiyaga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, italiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlar davomida murabbiylarga mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi. Seminarlarning so‘nggi kuniga seleksionerlar ham jalb qilinadi. Kunning dastlabki qismida nazariy mashg‘ulotlar o‘tilsa, kunning ikkinchi qismida amaliy mashg‘ulotlarga navbat beriladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid