Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda shaharlar sotila boshlandi
Kaliforniyada 1,4 million dollarga Serro Gordo shahri sotildi. Shaharning yangi egasi tashlandiq shaxtyorlar shaharchasini turistlar uchun jannatga aylantirmoqchi, deb yozmoqda news.ru.
«Serro Gordo Kaliforniyadagi «qadimiy shaxtyorlar shaharchalari» ichra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bu tarixiy obektning ochilishidan manfaatdor Serro Gordo tarixiy fondi, xususiy tashkilotlar va volontyorlar moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda», — deyiladi shahar saytida.
Shaharcha joylashgan hududda 1865 yilda kumush topilgan. Oradan 10 yil o‘tiboq shaharcha Los-Anjyelesdagi eng yirik kumush va qo‘rg‘oshin yetkazib beruvchiga aylangan.
Keyinchalik u tashlandiq holatga kelgan. Bunga sabab shaxtada yuz bergan yong‘in va metallarning narxi keskin pasayishi bo‘ldi. O‘tgan asrning boshlarida shaharchada metall ishlab chiqarishni yana qayta ishga tushirmoqchi bo‘lishgan, lekin urinish muvaffaqiyatli yakunlanmagan.
Investorlar shaharchani rivojlantirishga jiddiy sarmoya yotqizishmoqchi — uni turistik markazga aylantirib, bu yerda konsertlar va teatr sahnalarini qo‘yishmoqchi.
Ayni paytda Serro Gordo — 22 ta tashlandiq binoga ega shaharcha bo‘lib, ularning orasida tashlandiq mehmonxona, cherkov va salun ham bor.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025