Jahon | 18:22 / 20.07.2018
10097
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklarning aksariyatiga Trampning Xelsinkidagi xatti-harakati yoqmadi

Foto: Brendan Smialowski/AFP/Getty Images

Amerikaliklarning aksariyati AQSh prezidenti Donald Trampning Xelskinkida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan sammitdagi xatti-harakatini ma'qullamayapti. CBS News tomonidan har ikki yetakchining Finlyandiyadagi uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan darak bermoqda.

AQShda fuqarolarning 55 foizi Tramp Putin bilan uchrashuvda o‘zini qanday tutganini ma'qullamayapti. Respondentlarning faqatgina uchdan bir qismi (32 foiz) ularning pozitsiyasiga qo‘shilmagan va Xelsinkidagi sammitda Qo‘shma Shtatlar prezidenti harakatlarini ma'qulladi. Amerikaliklarning yana 14 foizi javob qaytarishga qiynalgan, deyiladi CBS News xabarida.

Bundan tashqari, AQSh fuqarolarining aksariyati (70 foiz) Amerika razvedkasi va uning Rossiya AQShda 2016 yilgi saylov jarayoniga aralashgani bo‘yicha xulosalariga ishonadi. Respondentlarning yana 24 foizi Rossiya aralashuviga ishonmaydi.

Amerikaliklarning 46 foizi fikricha, Tramp Moskvaga nisbatan juda «do‘stona» munosabatda. Fuqarolarning 6 foiziga ko‘ra esa, Tramp juda tajovuzkordir. Yana 41 foiz AQSh prezidenti Rossiyaga nisbatan adolatli munosabatda bo‘layotganini bildirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid