Jahon | 09:50 / 20.07.2018
3419
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada vulqon otilishi natijasida 125 kishi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Luis Soto

Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 125 kishiga yetdi, deb xabar qildi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy xizmati vakili David de Leon.

Avvalroq vulqon otilganidan keyin 332 kishi bedarak yo‘qolgani va 120ga yaqin kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Noticias24 kanalining xabar qilishicha, sud tibbiyotchilari vulqon otilish hududida yana to‘rt jasadning shaxsini aniqlashgan. Hukumat qator aholi maskanlari va Fuego atrofidagi hududni hayot uchun xavfli deb e'lon qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid