Jamiyat | 12:39 / 20.07.2018
13101
2 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: ko‘zi uchish dardiga yo‘liqqan hamyurtimiz shifo istamoqda

KUN.UZ sayti bemor vatandoshlarimizning holidan xabar olish, saxovatpesha yurtdoshlarimizning moddiy imkoniyati yo‘q xasta hamyurtlarimizga yordam berishlariga sababchi bo‘lish borasidagi xayrli ishlarini davom ettiradi. Sayt xodimlari shu maqsadda Yangiyo‘l tumani O‘zbekiston mahallasida bo‘lib, 2004 yil 15 avgustda dunyoga kelgan Sh.U. (o‘zi istamagani uchun ism-sharifi va shaxsi ko‘rsatilmadi) oilasida bo‘ldi. 

Surunkali bosh og‘rig‘i va ko‘z uchishidan (marcus gunn syndrome) aziyat chekayotgan vatandoshimiz Sh.U. onasining so‘zlariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘idagi asab tolasi yoshligidan o‘ng ko‘zi asab tolalariga birikkan. Buning natijasida og‘iz-jag‘ sohasi qimirlaganda ko‘z uchishi kuzatiladi. Ayni vaqtda bu holat ancha kuchaygan, deydi Fotima opa. 

“Bu ko‘z shifokorlarining emas, neyrojarrohlarning ishi, deyishdi. Shuning uchun Hindistonga davolatishga borishni rejalashtirganmiz. Buning uchun moddiy jihatdan imkoniyatimiz biroz cheklangani sababli xayriya aksiyasi o‘tkazib berishlaringizni so‘rab, sizlarga murojaat qildik. Zora, yaxshilar, saxovatpesha yurtdoshlarimiz sabab bo‘lib, farzandim ham shifo topsa”, - deydi onaizor.

Aziz vatandoshlar, xayr-ehsonsevar yurtdoshlar, ushbu xonadon sohibasi ham umid va ishonch bilan bizlardan yordam kutmoqda. Kelinglar, imkoni borlarimiz Hindistonda tekshiruvdan o‘tish va zarur bo‘lsa davolanishi uchun kerak bo‘lgan 5 ming AQSh dollari to‘planishida moddiy yordam bersak, uzrlilarimiz duolarimizda shu vatandoshimiz shifo topishini so‘rab duo qilaylik.

Xayriya qilishni istaganlar uchun 

+998 97 3420642 Mirzaraxmedova Fotima

Click, Payme:

8600 0202 5741 5906

Xorijdan pul o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun:

0451 1330 3072 0001

Mavzuga oid