Jahon | 17:03 / 20.07.2018
11342
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Sukut Rossiyaga yordam bermoqda. Britaniyaga «Skripal qonuni» kerak

Foto: Toby Melville/Reuters

Buyuk Britaniyaga Skripallar oilasini «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlashga aloqador bo‘lganlarni javobgarlikka tortish imkonini beruvchi yangi qonun kerak. Bu haqda sharhlovchi Rojyer Boyyes The Times nashrida yozgan.

Boyyesning eslatishicha, Britaniya hukumatida yetarlicha dalillar bor. Gumonlanuvchilar ismini barchaga e'lon qilish vaqti keldi, deya ta'kidlaydi sharhlovchi. Agarda rasmiylar ular kimga ishlashganini aniqlay olgan bo‘lsa, unda bu ma'lumotni barchaga e'lon qilish kerak, deyiladi materialda.

Gumonlanuvchilar nomi oshkor etilishi kerak, hamda barchamiz bu voqeadan xulosa chiqarishimiz darkor, deya chaqiriq bilan chiqqan maqola muallifi.

Bizga «Skripal qonuni» - siyosiy qotilliklarni ham o‘z ichiga oluvchi va turli darajalarda tegishli jazoni nazarda tutuvchi qonun kerak, deydi u.

Boyyesning qo‘shimcha qilishicha, maxsus xizmatlar sukut saqlashi lozim bo‘lgan vaziyatlar ham kuzatiladi. «Skripal ishi» - bunday holat emas, sukut faqat Rossiyaga yordam bermoqda.

Rossiyalik sobiq zobit Sergey Skripal va uning qizi Yuliya 4 mart kuni Britaniyaning Solsberi shahrida «Novichok» asab-falajlovchi moddasidan foydalanilgan holda zaharlandi. London yuz bergan hodisada Rossiyani aybladi. Moskva Skripallar oilasi zaharlanishiga aloqador ekanini rad etmoqda. Hozirgi vaqtda ular shifoxonadan chiqarilgan.

Mavzuga oid