Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» o‘yinlariga jahon chempionatida ishlagan xorijlik hakamlar tayinlandi
PFL Superliga o‘yinlarini boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati o‘yinlarida ishlagan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi.
PFL sayti xabariga ko‘ra, 19-turdan o‘rin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yinini bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. U mundialda 2 ta o‘yinda ishlagan.
Shuningdek, 20-turdan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Lokomotiv» bahsini eronlik Alirizo Fag‘oniy boshqaradi. U jahon chempionatida 4ta o‘yinda ishlagan.
Superliga, 19-tur
28 iyul, shanba
«Navbahor» — «Paxtakor»
Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Xalifa (har ikkalasi Bahrayn)
Superliga, 20-tur
1 avgust, chorshanba
«Paxtakor» — «Lokomotiv»
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (har ikkalasi Eron)
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025