Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinish ishida muhim dalil topildi
Turkiyada 2016 yil 15 iyulda davlat to‘ntaruviga urinish oldi olingandan keyin 4 mingdan ko‘proq prokuror va sudyalar bo‘shatib yuborilgan. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Abdulxamit Gul ma'lum qildi.
Gul to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirishda gumon qilinayotgan muxolifatchi Fathulla Gulenning AQShdan ekstraditsiyasiga izoh berib, to‘ntaruvga urinishga taalluqli yana bir muhim dalil topilganini ma'lum qilgan. “Dalil Gulen tarafdorlaridan birining telefoni xotirasida bo‘lgan va Gulen terrorchilik oqimining to‘ntaruvga urinish voqealariga aloqadorligini isbotlaydi”, deb aytgan Gul.
Gul 20 iyul kechki vaqt AQSh bosh prokurori bilan Gulenning topshirilishi masalasini muhokama qilishini ma'lum qilgan.
Turkiyada 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Gulen oqimi a'zolari bo‘lgan harbiylar mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olishga urinishni amalga oshirgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025