Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi "Geoinnovatsiya markazi" DUK va Xitoyning dronlar ishlab chiqaruvchi "BShark Holdings LTD" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Hujjat O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyning Shenchjen shahriga tashrifi doirasida imzolandi.
"Geoinnovatsiya markazi" DUK ma'lumotlariga ko‘ra, korxonalar birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish niyatida. Memorandum shuningdek, hamkorlikda o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish, seminarlar o‘tkazish, uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida mutaxassislar, axborot va tajriba almashinuvini ko‘zda tutadi.
"BShark Holdings LTD" kompaniyasi O‘zbekistonga zarur ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarni yetkazib berish, mahalliy xodimlarni o‘qitish, savdo va marketing bo‘limlarini tashkil etishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025