Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy: Eron bilan bo‘ladigan urush - barcha urushlarning onasi bo‘ladi
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyning fikricha, Eronga qarshi qaratilgan har qanday harbiy amaliyot «barcha urushlarning onasi»ni keltirib chiqaradi. Bu haqda INSA agentligi xabar bermoqda.
«Amerika bilishi kerak, Eron bilan bo‘ladigan urush urushlarning onasi» bo‘ladi», degan Ruhoniy.
Shuningdek, u amerikalik hamkasbi Donald Trampga «sherning dumi bilan o‘ynashmaslik kerakligi»ni va bunday harakat unga «qimmatga tushishi»ni qo‘shimcha qilgan.
Eron va Amerika munosabatlari AQShning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishi ortidan yomonlashdi.
Avvalroq, Ruhoniy AQSh har qachongidan ham ko‘ra yakkalanib qolganini aytgan edi. Uning bunday fikrni ilgari surishiga Trampning Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi paytida bo‘lib o‘tgan namoyishlar sabab bo‘lgani aytiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025