Jahon | 17:10 / 23.07.2018
4777
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy po‘lat bo‘yicha yangi surishtiruv boshladi

Foto: REUTERS

Xitoy YeI, Yaponiya, Janubiy Koreya va Indoneziyadan import qilinuvchi po‘lat mahsulotiga nisbatan dempingga qarshi surishtiruvlar boshladi. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligi bayonotida aytiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, surishtiruvlar zanglamaydigan po‘lat listlari va qizitib chig‘irlangan o‘ramlari, shuningdek, zanglamaydigan po‘latdan yarim tayyor mahsulotni o‘z ichiga qamrab oladi.

Aniqlik kiritilishicha, rasmiy surishtiruv idoraga Xitoyning Shanxi Taigang Stainless Steel Co kompaniyasi bayonoti kelib tushgach boshlangan. Kompaniya hukumatdan ko‘rsatilgan mahsulotga nisbatan dempingga qarshi surishtiruv o‘tkazishni so‘radi, ularning narxi arzon import tufayli tushib ketgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid