Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarning 2 mingdan ortig‘iga nega ruxsatnoma chiqmadi?
Kompleks test markazi (KTM) tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan, 2018-yilning 9-15 may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va bank to‘lovini amalga oshirgan fuqarolar soni 15526 edi. Lekin keyingi bosqich imtihonlarida ulardan faqatgina 13484 nafari ishtirok eta olishi ma'lum qilindi. Mazkur jarayon ijtimoiy tarmoqlarda norozilik kayfiyatidagi savollar tug‘ilishiga olib keldi: «Qolgan 2000 dan ortiq fuqarolarning taqdiri nima bo‘ladi? Qanday mezonlarga ko‘ra ruxsatnomalar chiqarildi?»
Tashqi migratsiya masalalari agentligi rahbari Ravshan Ibragimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu masalaga oydinlik kiritdi.

«2018-yil 20-iyul – 28-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 2-bosqich 2-jarayon test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolar ro‘yxatida ruxsatnomasi chiqmagan fuqarolar 3-bosqich 2-jarayon test sinovlarida qatnashishlari mumkin.» – Ravshan Ibragimov.

Ma'lumki, Koreya Respublikasiga mehnat qilish uchun ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar bir necha bosqichli imtihonlardan o‘tishlari talab etiladi. Joriy yildan testlarni o‘tkazish tizimida yangiliklar kiritilgan.
Agentlik rasmiy saytiga ko‘ra, test sinovlarini o‘tkazish kompyuter tizimida amalga oshirilishi joriy etilganligi natijasida hammadan bir vaqtda test sinovini olish imkoni bo‘lmagan. Shu sababli ruxsatnomasi chiqmagan fuqarolar Koreya tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida keyingi jarayonda test sinovlariga kiritiladi. Ushbu fuqarolarni KTM test sinovlarida qayta qatnashishlari talab etilmaydi va ular to‘g‘ridan to‘g‘ri 3-bosqich 2-jarayon test sinovlarida ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025