Jamiyat | 17:00 / 23.07.2018
10989
4 daqiqa o‘qiladi

RC Coladan «AMERIKAda Ta’til» aksiyasida dastlabki besh nafar g‘oliblar aniqlandi

Yakshanba kuni «Samarqand Darvoza» savdo-ko‘ngilochar majmuasi (CKOM) atriumida quvonchli holat hukmron edi: RC Cola  brendi «AMERIKAda Ta’til»deb atalgan shov-shuvli aksiya doirasida dastlabki beshta yo‘llanmani o‘ynadi. Florida shtatidagi bolalar til o‘rganish oromgohi va Amerika Disneylendi avgust oyida O‘zbekistondan eng omadli bolalarning dastlabki beshligini  kutib olishadi.

Aktsiyaning o‘yinni kutayotgan katta yoshli ishtirokchilari shivirlashib, o‘zlarini nima kutayotgani bilan o‘rtoqlashardilar: kimdir 5 ta, kimdir 7 ta kodni ro‘yxatdan o‘tkazgan, kimdir esa pul mukofotlarida unga tez-tez omad kulib boqishini aytib maqtanardi.

«Olti-yetti marta yutdim, o‘zimga ham, xotinimga ham “Paynet”ga tashladim!» - deydi o‘yin ishtirokchilaridan biri.

Degustatsiya ustunlari yonida turgan qizlar xohlovchilarni RC Cola oilasiga kiruvchi yangi ichimlik – limon va apelsin ta'mli RC Refresher ni tatib ko‘rishga taklif etishardi. Sovutilgan butilkalar ko‘psonli mehmonlarning chanqog‘ini qondirish uchun sovutgichdan to‘xtovsiz oqib o‘tib qog‘oz stakanchalarga tushardi. 

Kichkintoy tomoshabinlar uchun tarix ilmi va topqirlik bo‘yicha har xil tanlovlar ko‘zda tutilgan edi. Tashkilotchilar tomonidan berilgan mukofotlar barcha yosh ishtirokchilarga yoqib tushdi. Tanlovda ishtirok eta olmagan kishilar keyinchalik lototrondan yutuqli raqamlarni chiqarib olishar va ularni yordam berganlari uchun havo sharlari bilan taqdirlashar edilar.

Aktsiyaning birinchi turiga ostida Amerika bayrog‘i bo‘lgan qopqoqchalardan 193.584 ta kodlar ro‘yxatga olindi. G‘oliblarni aniqlash mexanizmining haqqoniy ishlashini UZPaynet, RC Cola Uzbekistan kompaniyalari va «Global Study» o‘quv markazi vakillari, shuningdek, Davlat Rakobat kumitasi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish boshqarmasi xodimlaridan iborat talabchan hakamlar nazorat qilib turdi. 

Raqamlangan sharlarni lototrondan birinchi marta jyuri a'zolarining o‘zlari chiqardilar. Sojalilova Zilolaga birinchi omad kulib boqdi: uning farzandi bir haftaga AQShdagi til maktabiga va Disneylendga ikki kunlik safarga jo‘nab ketadi. Navbatdagi sharlarni lototrondan tomoshabinlar orasidan yosh ko‘ngillilar chiqarib olishdi. Lotoreya sharlaridagi barcha raqamlar zich yelimlangan, o‘yinda qalloblikka yo‘l qo‘yishga bironta imkoniyat yo‘q edi.  

Kamera vaqti-vaqti bilan katta ekranga tizimda ro‘yxatga olingan telefonlar va kodlar yozilgan  Excel-jadvalni chiqarib turardi. Hayajonga tushgan ishtirokchilar, har bir yangi shar bilan yutuqli kodlar ro‘yxati kichrayib, oxirgi baxtli ishtirokchini aniqlashga qarab borayotganini kuzatib turishardi. Afsuski, o‘yinni olib boruvchi barcha g‘oliblarga darhol qo‘ng‘iroq qila olmadi, biroq kompaniya vakillari keyinroq ular bilan bog‘lanishdi va yutuqlarni e'lon qilishdi. 

Aktsiyaning birinchi o‘yini yozib olingan ko‘rsatuvni siz 22 iyul, yakshanba kuni soat 18:20 da «Sevimli» telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

RC Coladan «AMERIKAda Ta’til» aksiyasida ishtirok eting, keyingi o‘yinlardagi 25 nafar g‘oliblardan biriga aylaning va yakshanba kuni qo‘ng‘iroqlarga javob bering – balki sizga yaxshi yangilikni xabar qilishmoqchidir! 

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid