Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yana eski binoga qaytarildi. Buning sababi nimada?
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi Amir Temur shohko‘chasida joylashgan Xalq bankining bosh binosiga ko‘chib o‘tdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chirildi.
KUN.UZ'ning hukumatdagi manbalari xabariga ko‘ra, Senat apparati xodimlari va senatorlar Mustaqillik maydonida joylashgan o‘z binosiga qaytib kelishgan.
Xabar qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligining binosi jiddiy ta'mirga muhtoj. Hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar binoni ta'mirlashga kirishgan. Bundan tashqari, u yerda normal ishlash va tadbirlarni o‘tkazish uchun sharoit bo‘lmagan.
Keyinchalik Senat, katta ehtimol bilan, yana Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chib o‘tadi, biroq bu kapital ta'mirlash va tegishli sharoitlar yaratilganidan so‘ng yuz beradi. Ko‘chib o‘tish sanasi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025