Torontoda otishma yuz berdi

Foto: REUTERS/Chris Helgren
Kanadaning Toronta shahri Griktaun tumanida otishma yuz berdi, deb xabar qilmoqda Toronto Sun.
Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilishicha, 15-20 marotaba o‘q tovushlarini eshitishgan.
Ta'kidlanishicha, kamida sakkiz kishi shifoxonaga olib ketildi. Jabrlanuvchilarning aniq soni hozircha noma'lum.
Voqea joyida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Hodisa tafsilotlari va hujum qilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar hozircha yo‘q.
Mavzuga oid

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

21:24 / 13.05.2025