Jahon | 08:24 / 23.07.2018
10806
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp ko‘rinishidagi ulkan jo‘ja shakli kemada suzishga olib chiqildi (video)

Foto: thetrumpchicken.org

AQSh prezidenti Donald Trampni mahbus jo‘ja ko‘rinishidagi 10 metrlik puflama shakli 22 iyulda San-Frantsisko sohillari yaqinida kemada suzishga olib chiqildi. 

Ulkan shakl 00045 soni ostidagi mahbus kiyimida tasvirlangan bo‘lib, 45 soni Trampning AQShning 45-prezidenti ekaniga ishoradir. Kichik kemaga o‘rnatilgan shakl sohil bo‘ylab olib yurilib, yana ortga qaytariladi.

Trump Chicken (Tramp jo‘ja) kampaniyasi saytida ma'lum qilinishicha, bu shakl Trampga karshi “norozilik harakati ramzi” sifatida Xitoyda buyurtma asosida yaratilgan va ilk bor AQShda 2017 yil 15 aprelda Trampga qarshi San-Frantsiskodagi marshda paydo bo‘lgan. Shundan keyin bu shakldan bir qator boshqa norozilik aksiyalarida foydalanilgan. Norozilik kampaniyasining yangi bosqichi “Prezident jo‘jani qamoqqa jo‘natamiz” shiori ostida o‘tmoqda.  

Kampaniya saytida Trump Chicken nomiga qaramay, “00045-sonli mahbus va AQSh prezidenti o‘rtasidagi har qanday o‘xshashlik tasodif ekani”, Trampning ushbu shaklga har qanday qiyoslanishi esa “yolg‘on yangiliklardan eng yolg‘oni ekani” kinoyali tarzda ma'lum qilingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid