O‘zbekiston | 10:48 / 23.07.2018
5044
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kompaniyalari Fransiya bozoriga kirish nuqtasiga ega bo‘ldi

Parijda O‘zbekistonning Fransiyadagi savdo uyi (UzFranceTrade) ochildi, deb xabar beradi «Jahon» AA.

Savdo uyining asosiy vazifasi - mahsulotlarni O‘zbekistondan Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilishni ilgari surish. Buning uchun mahalliy mahsulotlarning assortimenti taqdim etiladigan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shou-rum ishga tushiriladi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi

UzFranceTrade ochilish marosimi doirasida tomonlar 1 mln AQSh dollari miqdoridagi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa ittifoqiga yetkazib berishga, shuningdek, Fransiya bozoriga 100 tonnalik hajmda quritilgan mevaning birinchi partiyasini yetkazib berishga kelishib oldilar.

«Bugungi kunda respublikaning noxomashyo eksporti jiddiy darajada emas. Asosan, bu ichki mahsulotlarning Fransiya kabi bozorga chiqishi kiyim ekani bilan bog‘liq. Bizning vazifamiz shundan iboratki, buni o‘z standartlarimizni Yevropa talablariga muvofiq keltirish orqali imkon qadar osonlashtirish», - dedi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Mavzuga oid