Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o‘sdi
Markaziy bankning ma'lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o‘sdi.
24 iyuldan boshlab AQSh valyutasi kursi 7789,3 so‘mga teng. O‘tgan hafta davomida dollar 1,5 so‘mga oshdi.
Fevral oyidan buyon birinchi marta dollar 1 so‘mdan oshdi - aprel oxirida valyuta 11 haftalik pasayishni to‘xtatdi va 0,03 so‘mga qimmatlashdi, shundan so‘ng hozirga qadar so‘mga nisbatan arzonlashib keldi.
Yevro ham oshdi - Yevropa valyutasi 9127,6 so‘mni tashkil etadi, bu avvalgi haftaga nisbatan 27,5 so‘mga ko‘p. Rossiya rubli arzonlashishda davom etib, 1,7 so‘mni yo‘qotdi va 122,82 so‘mga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
08:46 / 27.02.2025