Sport | 08:46 / 24.07.2018
7009
1 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Yemelyanenko UFC’da ishtirok etmasligini ma'lum qildi

Foto: TASS

Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko Rossiyaga UFC va Bellator’ning kirib kelishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Sportchining ta'kidlashicha, u Mutlaq jangchilar chempionatida (UFC) ishtirok etmasligi haqiqatga yaqin.

«UFC so‘nggi vaqtlarda Rossiyada hammaning tiliga tushib qoldi, Bellator bilan ham xuddi shunday vaziyat. Ko‘ramiz nima bo‘larkin. Rossiyada o‘z promoushenlari ham bor, biroq ko‘plab odamlar UFC hamda Bellator’ni kutmoqda. Shaxsan men UFC ishqibozi emasman, shuning uchun, katta ehtimol bilan, u yerga bormayman», - dedi u Ariel Xelvani shousi efirida.

Qayd etilishicha, UFC’ning Rossiyadagi birinchi musobaqasi 15 sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid