Quyosh chiqquncha uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab
Ertalab turishning xosiyati haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan. Olimlar ham bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi va sahar turish uchun 6 sababni ma'lum qilishdi.
1. Ertalab murakkab qarorlarni qabul qilish oson bo‘ladi
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, iroda kuchi ham muskul kuchlari kabi tugaydigan miqdorda bo‘ladi. U kun davomida ozayib boradi va kun oxiriga kelib ertalabki qat'iyatdan asar qolmaydi. Shuning uchun biror og‘ir, yoqimsiz va charchatuvchi ishni bajarish lozim bo‘lsa, bunga ertalabda kirishing, chunki kechga borib bu ishni bajarmaslik uchun minglab bahonalar topasiz.
2. Erta tursangiz vaqtingiz bemalol bo‘ladi
Agar kuningizni shahar hali uyg‘onmasdan boshlasangiz, o‘zingizni uyqudagi qirollikka tushib qolgandek his qilasiz. Hech qanday tirbandlik bo‘lmagan bo‘m-bo‘sh ko‘chalar va xiyobonlar, hech kim qo‘ng‘iroq qilib sizni bezovta qilmaydi.
Butun olam uyquda va bu sizga o‘zingiz istagan ish bilan shug‘ullanish uchun qimmatli soatlarni taqdim etadi.
3. Ertalab kamroq chalg‘iysiz
Ertalab turib Facebook sahifangizni tekshirasiz va bor-yo‘g‘i uchta yangilikni ko‘rasiz. Elektron pochtangizga birorta ham xat kelmagan. Yangiliklar saytlarida ham hali hech narsa chiqib ulgurmagan. Sahar tursangiz mana shunday chalg‘ituvchi narsalardan xoli bo‘lasiz.
4. Ertalabki ko‘tarinkilik butun kunga tatiydi
Agarda bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarning hech bo‘lmasa bittasini erta tongda uddalay olsangiz, qolganlarini ham bajarishga ulgurasiz va kechga borib sizda bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi. Ammo ishga kirishishni tushga yaqin boshlasangiz, u holda butun kuningiz tartibsiz va og‘ir o‘tadi. Mo‘ljallagan ishlaringizni bajarishga vaqt yetmay qolishi ham hech gapmas.
5. Ertalab zo‘riqish kam bo‘ladi
Aniqrog‘i, zo‘riqish umuman bo‘lmaydi. Bu vaqtdagi ruhiy holatingizni quyoshning ilk nurlari aks etayotgan suv yuzasiga o‘xshatish mumkin. Bunday kayfiyat bilan istagan ishingizga kirishishingiz mumkin.
6. Kunduzi dam olishga imkoniyat paydo bo‘ladi
Agar erta tursangiz va ishlarni kunning birinchi yarmida bajarib olsangiz, kunduz kuni bir soat maza qilib dam olishingiz uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Barcha asosiy ishlarni bajarib bo‘lgan inson tushlikdan so‘ng ozgina pinakka ketsa buning yomon joyi yo‘q.
Mavzuga oid
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
22:44 / 25.09.2024
Olimlar tezkor uyquni yaxshilaydigan asosiy retseptorni aniqladi
22:03 / 15.09.2024
Olimlar inson ongi uchun mas’ul bo‘lgan miya hujayralarini aniqladi
15:30 / 13.10.2023