O‘zbekiston | 10:42 / 24.07.2018
17504
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshshahartransxizmat» raisi o‘zgardi

Mohirxo‘ja Valiyev “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

U bunga qadar “US ATI” mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

Mohirxo‘ja Valiyev

Mohirxo‘ja Valiyev 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).

2014-2017 yillarda - “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yilda - “AZIA ABM TRANS” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

2017 yilning may oyidan beri “Toshshahartransxizmat” raisi sifatida ishlab kelgan Anvar Jo‘rayev qayerga ishga o‘tkazilgani hozircha noma'lum.

Mavzuga oid