Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC prezidenti o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga 1 mln dollar sarfladi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dena Uayt o‘g‘li Eydanning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun ancha katta miqdorda mablag‘ sarfladi.
MMAFighting ma'lumotiga ko‘ra, Uayt 16 yoshli o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga 1 mln dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan. UFC prezidenti Las-Vegasdan tungi klubni ijaraga olgani aytilmoqda. Bazmda taklif etilgan «yulduzlar» sifatida Migos, Everlast, DJ Carnage va A$AP Rocky ishtirok etdi.
Shuningdek, Eydanga UFC chempionlariga taqdim etiluvchi sovringa juda o‘xshash bo‘lgan chempionlik kamarini berishgan. Kichik Uayt otasidan Land Rover Defender mashinasini sovg‘a sifatida qabul qilib oldi.
Qayd etilishicha, Eydan Uayt joriy yilda havaskorlik boksida muvaffaqiyatli ravishda debyut qildi.
Mavzuga oid
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023